Mo'min-musulmon borki, qalbi halovat topishini istaydi. Sajda esa har bir mo'minning qalbini yumshatadigan, unga farog'at baxsh etadigan joydir. Chunki bunda u o'z bandaligini tan olib Yaratganga bosh egib, Unga tasbih aytib, madh etadi, o'zi uchun esa avf so'raydi. Ustoz adib Erkin Malik qalamiga mansub ushbu kitobda sajdadan orom topgan qalblar, taqdirlar haqida hikoya qilinadi. Hikoyalar sizni beixtiyor o'z olamiga tortib ketadi. Shuningdek, kitobda berilgan hikmatli so'zlar o'quvchini tafakkur qilishga chorlaydi.

