Ijodkor Said Kamolning mazkur ijodiy ertaklar to'plami uning ikkinchi kitobi bo'lib, ayni nashrda shahzoda Lochinning jasorati, shoshqaloq quyonchaning beg'uborligi, Qobiljonning Hamisha bahor mamlakatiga navbatdagi safari, bolakay Ibrohim va Ezgulik Kapitanining sarguzashtlari qalamga olingan.
Keltirilgan ijodiy ertaklarda ularning qahramonlaridagi poklik, vatanparvarlik, jasorat, o'zgalarga ezgulik qilishdek fazilatlar, chin ma'noda, bugungi kun bolalariga ibrat bo'la oladi. Umid qilamizki, ushbu kitob bolajonlarimizga manzur bo'ladi.

