• Betlar soni: 1728
• Til: O'zbekcha Kirillcha Yozuv
• Nashriyot: O‘zbekiston
• Muqovasi - Qattiq
• Qog‘oz formati - A4
• Chop etilgan yili 2021
Odamlar orasida «Sahihi Buxoriy», «Al-jomeʼ as-sahih" kabi nomlar bilan tanilgan ushbu kitobni Imom Buxoriy «Al-jomeʼ as-sahih al-musnad min hadisi Rasulillahi sollallohu alayhi va sallam va sunanihi va ayyamihi» (Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hadislari, sunnatlari va muborak hayotlaridan to‘plangan sahih musnad) deb nomlagan.
Barcha ulamolar: muhaddislar, faqihlar, usuliylar, mutakallimlar, nahviylar va boshqalar «Sahihi Buxoriy. Alloh taoloning Kitobi - Qurʼoni karimdan keyingi eng ishonchli va sahih kitob ekanligiga ittifoq qilganlar.

