• O'lcham: 21 * 27sm
• Kitob nomi: SAHIHI BUXORIY
• Muallif: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy
• Muqova: Qattiq
• Sahifa: 1/941, 2/940, 3/939, 4/943
• Yozuv: Kirill alifbo
• To'plam uchun quti
"SAHIHI BUXORIY" kitobi (asl nomi "alJomiʼ assahih" — "Ishonchli toʻplam") islom olamidagi oltita eng ishonchli hadis kitoblar toʻplamidan biridir. Buyuk muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy tomonidan yigʻilgan bu kitob islom olamida boshqa muhaddislar toʻplagan diniy kitoblar orasida eng ishonarlisi va mukammal kitob deb tan olingan.
Asar toʻrt jilddan iborat boʻlib, Imom al-Buxoriy ushbu moʻtabar kitobni yaratishdan oldin olti yuz mingga yaqin hadisni toʻplagan. Ularning ichidan eng sahih (ishonchli) deb hisoblangan hadislarni saralab, takrorlanadiganlari bilan birga jami 7275 tasini, takrorlanmaydiganlari esa 4000 tadan iboratini oʻz toʻplamiga kiritgan. Imom al-Buxoriy birinchi boʻlib, "Sahih", yaʼni ishonarli hadislarni boshqa hadislardan ajratib, alohida toʻplam shakliga keltirish anʼanasini boshlab bergan zot hisoblanadi.
Ushbu kitobda keng qamrovli mavzular yoritilgan boʻlib, ularga quyidagilar kiradi:
Toʻplam islom arkonlariga aloqador mavzular bilan birga, oʻsha davr tarixi va etnografiyasiga oid koʻpdan koʻp bebaho maʼlumotlarni ham oʻz ichiga oladi. Bu dinniy kitoblar seriyasi har bir musulmon uchun beqiyos ma'naviy va ilmiy manba hisoblanadi. Ushbu kitoblar diniy bilimlarimizni yanada chuqurlashtirishga yordam beradi.gan.

