Bizning gilamlarimiz o‘z dizayn jamoamiz tufayli noyobdir — unda 50 dan ortiq mutaxassis ishlaydi va ular betakror asarlarni yaratadilar. SAG gilamlari zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalarda, faqat yuqori sifatli va ekologik toza xomashyo hamda materiallardan foydalangan holda to‘qiladi. Bu esa xona uchun gilamchalarining yuqori darajada sifatliligini ta’minlaydi.
Dizayn yaratish jarayoni nihoyatda murakkab va mehnat talab qiluvchi bo‘lib, katta o‘lchamdagi gilam uchun yangi dizayn yaratish ikki haftadan ikki oygacha vaqt oladi. Har bir kolleksiya savdoga chiqarilishidan oldin "beta-versiya"da chiqariladi va bizning mutaxassislar tomonidan sifat standartlariga texnik ko‘rsatkichlar hamda dizayndagi tafsilotlar nuqtayi nazaridan to‘liq tekshiriladi.

