• Arabcha indeksli o‘ziga xos dizayn
• Uzoq xizmat qiladigan kvarts mexanizmi
• Qulay va yumshoq silikon qayish
• Klassik + zamonaviy uslub uyg‘unligi
• Sovg‘a uchun juda mos model
• Silliq, metall korpus
SABR Classic modeli o‘zining sokin oq rangdagi siferblati va arabcha indekslari bilan o‘ta zamonaviy, ayni paytda klassik ruhni o‘zida mujassam etadi. Korpusning yaltiroq metall pardasi soatga sof, pokiza ko‘rinish beradi. Kvarts texnologiyasi esa barqaror aniqlik bilan ishlashini ta’minlaydi.
Elastik silikon qayish qo‘lda yumshoq turadi, issiq havoda ham terlamaydi va kundalik hayotda ancha qulay. Soat minimalistik dizayniga qaramay, juda jiddiy, o‘ziga xos va ma’noli aksessuar sifatida ajralib turadi. Ishga, o‘qishga, uchrashuvlarga yoki sovg‘a sifatida ham juda mos keladi.

