Xalqimizning istedodli adibi Ulug'bek Hamdamning ushbu asari - "Sabo va Samandar" romanida eng muqaddas, eng ulug: eng azobli, eng shirin va hozirgi dunyodagi bazi insonlarni tan olib, bazilari tan olmaydigan yoki shunchaki nazariga ilmaydigan, borgan sari yo'qolib borayotgan, insoniyat yaratilganidan to bugungi kuniga qadar hamroh-u hamroz bolib kelayotgan tuyg'uni - "asrlarni yig'latgan sevgi"ni tarannum etadi.
Asarni o'qir ekansiz, "Layli va Majnun", "Romeo va Julyetta" ko'z o'ngingizda gavdalanadi. Nodir va Nilufar, Sabo va Samandar orasidagi sevgi-muhabbat shunday tasvirlan-ganki, Layli va Majnun, Romeo va Julyetta bir-biriga qanday talpinsa, qay holda bir-birini suysa, Nodir va Nilufar, Sabo va Samandar ham bir-birini shunday sevadi, ardoqlaydi. Bu sevgi asarda Saboning tilidan aytilgan quyidagi parchada ham yaqgol tasvirlangan: "...Ishqdan o'zga saodat so'ramayman! Menga shuni ber va to tirik ekanman, meni undan mahrum aylama!
Men ishq uyida so'nggi nafasimgacha qolishni istayman! Ishq bilan ko'z ochib, ishq bilan ko'z yumsam deyman! Meni shu yerda to'xtat, meni hayot deb atalmish uzun yo'lning ishq bekatida tushir-da, unutib qoldir, Parvardigorim!."
Asarning boshida o'rin olgan Nodir va Nilufar sevgisining nihoyasi qanday tugaydi? Samandarga bo'lgan sevgisining javobsiz qolganligi tufayli Aziza qanday yo'l tutadi? Sabo va Samandarlarning taqdiri qanday tugaydi? Moddiyatni har narsadan ustun tutadigan, his-tuyg'ularni sariq chaqaga olmaydigan Sherdil kim? U Sabo va Samandarning taqdir yol-larida qanday paydo bo'ladi?
Bu savollarga asarni o'qish davomida javob topasiz.

