Bir kuni Ko‘k o‘rmonda suv toshqini sodir bo‘ldi. Tulki, Tipratikan, Los, Ayiq, Silovsin va Yapaloqqush o‘z uylarini tashlab, yangi joy izlab ketishga majbur bo‘ldilar. Ularning yo‘li go‘zal Rezavorlar vodiysiga! Lekin u yerga borish oson emas! Xavfli yopishqoq botqoqliklar va sirli morena yo‘lovchilarni poylab turadi. Hayvonlarga hozirjavob Tulki va ziyrak Tulkicha yordamga keladi.
Bu kichkintoylar va ularning ota-onalari uchun ajoyib ertak. Axir, sir emas — kattalarning bolalardan o‘rganadigan narsalari ko‘p!
Momiq oila sarguzashtlari turkumining boshlanishi.

