Rang: Muz
AfzalliklariUmuman yoqmadi qaytaraman
KamchiliklariJuda sifatsiz puliga arzimaydi
IzohUmuman tavsiya qlmiman rasmda chiroyli kelganida sifatsiz juda kichkina sumka puliga umuman arzımıdı
Sotuvchining javobi
Assalomu alaykum! Fikringizni hurmat qilamiz, ammo ushbu bahoga qo‘shilmaymiz. Mahsulot tavsifida ryukzak bog‘cha yoshidagi bolalar uchun mo‘ljallangani ko‘rsatilgan, shu sababli uning ixcham o‘lchamda bo‘lishi tabiiy.
Odatda, mahsulotni qabul qilish punktida tekshirib, ma’qul kelmasa, shu zahotiyoq qaytarish mumkin. Shuningdek, belgilangan 10 kunlik muddat ichida ham qaytarish imkoniyati mavjud.
Agar ryukzak sifatida muammo bo‘lsa, iltimos, nuqsonni suratga olib, sotuvchi bilan chat orqali bizga yozing. Biz har doim mijozlarimiz bilan muloqotga ochiqmiz va muammolarni hal qilishga mamnuniyat bilan yordam beramiz. Sifat borasidagi e’tirozlarni esa aniq dalillar asosida ko‘rib chiqishni istardik.
Ko‘plab ijobiy fikrlar mijozlarimiz ryukzaklarimizdan mamnun ekanini ko‘rsatadi. Sizga ham yordam berishga tayyormiz, murojaatingizni kutamiz!