Tovar tavsifi:
Qo'lingizdagi ushbu kitob, ya'ni "Rustamxon" dostoni o'zbek va turkman xalq og'zaki ijodiga mansub bo'lib, ming yillar davomida xalqimiz tomonidan sevib tinglangan. Dostonning ushbu nusxasi xalqimizning mashhur baxshisi Fozil Yo'ldosh o'g'li (1872-1955) tomonidan kuylangan va Hodi Zarifov (1903-1972) tomonidan yozib olingan, nashrga esa bolalarning mashhur shoiri Zafar Diyor (1912-1946) tayyorlagan.
"Rustamxon" dostonida o'zbek xalqining azal-azaldan imon-e'tiqod, or-namus, islom diniga va sof muhabbatga ulug' munosabati, haqparvarlik doimo g'alaba qozonishi yorqin ranglarda aks ettirilgan. Hozirgi o'zbek adabiy tili qoidalari asosida qayta tahrirlanib, 2025-yilda "Oltin qalam" nashriyotida chop etilgan mazkur 144 sahifali kitob barcha yoshdagi kitobxonlar uchun birdek qiziqarlidir.
Tovar xususiyatlari:
Kitob nomi: Rustamxon (Doston)
Janr: O'zbek xalq og'zaki ijodi, doston
Aytuvchi baxshi: Fozil Yo'ldosh o'g'li
Yozib oluvchi: Hodi Zarifov
Nashrga tayyorlovchi: Zafar Diyor
Qayta nashrga tayyorlovchi: Ergashboy Matyoqubov
Nashriyot: "Oltin qalam" nashriyoti
Nashr yili: 2025
Sahifalar soni: 144 bet
ISBN: 978-9910-8229-9-5
UOʻK / KBK: UOʻK: 398.2(=512.133), KBK: 84.2 R-92
Til: O'zbek tili
Yosh cheklovi: 12+ (Maktab o'quvchilari va keng kitobxonlar ommasi uchun)
Ishlab chiqaruvchi mamlakat: O'zbekiston


