Ushbu kitob, yaʼni "Rustamxon " dostoni o‘zbek va turkman xalq og‘zaki ijodiga mansub bo‘lib ming yillar davomida xalqimiz baxshilari tomonidan kuylanib, xalqimiz tomonidan sevib tinglangan.
"Rustamxon" dostonining ushbu nusxasi xalqimizning mashhur baxshisi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li (1872-1955) tomonidan kuylangan va Hodi Zarifov (1905-1972) tomonidan yozib olingan, nashrga esa bolalarning mashhur shoiri Zafar Diyor (1912-1946) tayyorlagan.
"Rustamxon" dostonida o‘zbek xalqining azal-azaldan imon-eʼtiqod, or-nomus, islom dinining va sof muhabbatning ulug‘lanishi, haqiqatning doimo g‘alaba qozonishi yorqin ranglarda aks ettirilgan. Siz dostonni o‘qish davomida Sultonxonning farsandsizligi, uning o‘rtancha xotini Huroyimning farzandli bo‘lishi haqidagi xabardan keyin safarga chiqib ketishi, Rustamxonning tug‘ilishi, ikki kundoshning qilgan yovuzliklari, Maston kampirning kirdikorlari, Rustamxonning onasi Huroyim bilan birga qilgan safari, Rustamxonning ajdarni o‘ldirishi, Oftoboyga uylanishi, oxir-oqibat Sultonxonning Huroyim va Rustamxon bilan qayta topishishiga guvoh bo‘lasiz.

