Bir juft so'z iborasida ko'p ma'nolar bor. Yer-osmon, suv-olov, dengiz-sahro, yaxshi-yomon, oq-qora, olis-yaqin, bor-yo'q, ota-ona, o'g'il-qiz va hokazo...
Dunyo ikki qutbning juftligidan iborat. Shoir dunyoni mukammal ko'rmoqchi bo'ladi, ezgulikning yonida yovuzlikning ham borligini ta'kidlaydi, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashmoq zarurligini badiiy tasvirlaydi.
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog'iston xalq shoiri Rustam Musurmonning "Bir juft so'z" nomli kitobida Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari badiiy mahorat bilan tarannum etiladi.
Kitobni mutolaa qilayotganingizda qanotli tovushlar timsoli ifodalangan betakror ohanglar beixtiyor diqqatingizni jalb etadi. Insof-diyonat, adolat va haqiqat, mardlik va jasorat, do'stlik va muhabbat mavzusidagi she'rlar nozik didli she'rxonlarga manzur bo'lishiga ishonamiz.
ISBN : 978-9943-8005-2-6
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Qattiq
Betlar soni : 434
Chop etilgan yili : 2022
Nashriyot : Adabiyot
Yozuv : Lotincha
Til : O'zbekcha

