G‘anisher Matisaevning ushbu lug‘ati rus va o‘zbek tillarini o‘rganish hamda kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan. Lug‘atda 25 000 ta ruscha-o‘zbekcha va 25 000 ta o‘zbekcha-ruscha so‘z, shuningdek, zamonaviy so‘z birikmalari va iboralar keltirilgan.
Kitob maktab o‘quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, abituriyentlar hamda talabalar uchun foydali. Undan mustaqil ta’lim olish, matnlarni tarjima qilish, yangi so‘zlarni o‘rganish va lug‘at boyligini oshirishda foydalanish mumkin.

