Brinn va Jeyd yuz yildan beri eng yaqin dugonalar. Ularni hech narsa ajrata olmaydiganga o‘xshaydi. Ammo Brinni jiddiy jinoyatda gumon qilishganda, qizlarga muloqot qilish taqiqlanadi. Dahshatli adolatsizlik! Bu ham yetmagandek, endi Bringa butunlay yolg‘izlik tahdid solayotganga o‘xshaydi. Axir, u Jeyd bilan do‘stligiga ishonib, boshqa birov bilan muloqot qilishni xayoliga ham keltirmasdi-ku!
O‘zining pok nomini tiklash va dugonasini qaytarish uchun Brinn yana eski tanishi Fedra bilan to‘qnashishi kerak bo‘ladi. Ammo maktab o‘quvchisi suv parisi yordamisiz qudratli dengiz jodugarini yenga olmaydi. Demak, Brinnga sodiq, aqlli, jasur va mehribon do‘st topish talab etiladi — zudlik bilan!

