Brinn Finley o‘rta maktabga boradi. Va u sinfda sehr-jodu qila olmaydigan yagona suv parisi bo‘lib chiqadi! Sehrli qobiliyatlarsiz esa boshqa barcha suv parilari kabi dengiz qo‘riqchisi bo‘la olmaysiz. Maktabda va uyda Brinn o‘zini mohir sehrgar qilib ko‘rsatishga majbur bo‘ladi, ammo uning yolg‘onlari uzoq davom etmasligini tushunadi.
O‘z muammosini hal qilishga urinib, suv parisi qudratli dengiz jodugari Fedra bilan bog‘lanadi. Ammo yolg‘onga yanada chuqurroq botadi: axir jodugar yordam evaziga javob xizmatini talab qiladi. Uning niyati esa aslo yaxshi emas...
O‘zing to‘qigan yolg‘on to‘ridan qanday qutulib, yaqinlashib kelayotgan falokatning oldini olish mumkin?

