Islom shariati musulmonlarni hayotlari davomida bir-birlarining hojatini chiqarib, o‘zaro yordam asosida yashashga targ‘ib qiladi. Qurʼoni Karim oyatlarida va Rasulullox sollallohu alayhi vasallamning hadislarida mo‘min-musulmonlar yaxshilik va taqvo asosida o‘zaro hamkorlik qilib yashashlari lozimligi qayta-qayta taʼkidlangan. Qarzga hojati tushib qolgan mo‘minga qarz berib turish o‘ta savobli ish ekani sharʼiy matnlarda ko‘p takrorlangan.

