Rus tili yangi davrda 1-bosqich – rus tilini boshlang‘ich bosqichdan boshlab o‘rganishni istaganlar uchun yaratilgan zamonaviy o‘quv qo‘llanma. Kitob nazariy bilimlarni amaliy mashqlar bilan uyg‘unlashtirib, so‘z boyligini kengaytirish, to‘g‘ri talaffuz qilish, kundalik suhbatlarda erkin muloqot qilish va grammatikani bosqichma-bosqich o‘zlashtirishga yordam beradi.
Qo‘llanma mustaqil ta’lim uchun moslashtirilgan bo‘lib, unda 40 ta dars va 40 ta dialog, 24 soatlik 80 ta audio, 5000 dan ortiq so‘z, gap va iboralar, 1100 dan ortiq test hamda 350 dan ortiq mashqlar jamlangan. Video va audio materiallar yangi mavzularni oson tushunishga, tinglab anglash va to‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Kitob o‘quvchilar, talabalar, abituriyentlar hamda rus tilini ish, o‘qish yoki kundalik hayotda qo‘llashni istagan barcha uchun mos keladi. Darslar oddiydan murakkabga qarab tuzilganligi sababli bilimlarni izchil mustahkamlash va qisqa vaqt ichida amaliy natijaga erishishga yordam beradi.
Rus tilini ishonch bilan o‘rganishni bugundan boshlang va zamonaviy o‘quv qo‘llanma yordamida yangi imkoniyatlar sari dadil qadam tashlang!

