"Русский язык и литература. Сертификационные тесты" kitobi rus tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat, oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari hamda turli tanlovlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishni istagan o‘quvchilar, abituriyentlar va o‘qituvchilar uchun tayyorlangan zamonaviy qo‘llanmadir.
Kitobda amaldagi sertifikat talablari asosida tuzilgan testlar, matnlar va badiiy asarlar bo‘yicha topshiriqlar, she'riy asarlar tahliliga oid savollar, yopiq testlar hamda insho yozish uchun dolzarb mavzular jamlangan. Topshiriqlar nazariy bilimlarni mustahkamlash, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish va imtihon formatiga mos ravishda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Mazkur qo‘llanma o‘z ustida mustaqil ishlashni istaganlar uchun ham, o‘quv markazlari va maktablarda qo‘shimcha dars materiali sifatida foydalanish uchun ham juda qulay. Muntazam shug‘ullanish orqali test yechish tezligini oshirish, xatolarni kamaytirish va yuqori natijalarga erishishga yordam beradi.

