"Rus tili bo‘yicha mashqlar to‘plami" rus tilini o‘rganishni istagan o‘quvchilar, talabalar va mustaqil ta'lim oluvchilar uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanmadir. Mazkur mashqlar to‘plami "Rus tili grammatikasi" kitobi asosida tuzilgan bo‘lib, unda grammatik mavzularni mustahkamlashga xizmat qiluvchi turli darajadagi amaliy mashqlar jamlangan.
Qo‘llanmadagi mashqlar rus tilining grammatik qoidalarini bosqichma-bosqich o‘zlashtirish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash hamda til ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Mashqlar sodda va tushunarli tarzda tuzilgan bo‘lib, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi uchun ham qulay hisoblanadi.
Ushbu qo‘llanma umumta'lim maktablari o‘quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar ta'limi muassasalari o‘quvchilari, oliy ta'lim talabalari hamda rus tilini mustaqil o‘rganayotgan barcha kitobxonlar uchun tavsiya etiladi.

