F. M. Dostoyevskiyning "Telba" romani rus klassik adabiyotining eng buyuk asarlaridan biridir. Syujet markazida jamiyatning shafqatsizligi, ikkiyuzlamachiligi va axloqiy buzilishiga duch kelgan kamdan-kam uchraydigan ruhiy poklik va samimiylik egasi knyaz Lev Nikolayevich Mishkin turadi. Yozuvchi bosh qahramon obrazi orqali ezgulik va yovuzlik, imon-e’tiqod, mehr-oqibat, insoniy mas’uliyat masalalarini tadqiq etadi. Roman chuqur falsafiy va psixologik muammolarni ko‘tarib chiqadi va bizning davrimizda ham dolzarb bo‘lib qolmoqda.

