• ISBN 978-9943-25-949-2
• Yozuv Lotincha
• Yil 2020
• Til O'zbekcha
• Sahifalar 464
• Nashriyot O'zbekiston
• Jild Qattiq muqovali
• Tarjimon Mirzakalon Ismoiliy
Badiiy adabiyotda muhabbat mavzusida yozilgan asarlar qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ularning hech birida takdirlar, qismatlar, fojialar, o‘ylar, qarashlar bir-birini takrorlamaydi. Navoiyning Laylisi-yu Majnuni, Shekspirning Otellosi-yu Dezdemonasi, Knut Gamsunning Edvardasi, Chingiz Aytmatovning Jamilasi. Lev Tolstoyning Anna Kareninasi ham haqli ravishda mana shunday asar qahramonlari safida turadiki, adib ijodiga oshno bo‘lgan har bir kitobxon buni yaxshi anglaydi.
Adabiyotdan panoh istagan, adabiyotni maʼnaviy kamoloti uchun zarur deb bilgan kitob ixlosmandlari eʼtiboriga qariyb qirq yillik tanaffusdan so‘ng havola etilayotgan daho ijodkorning beqiyos asari - "Anna Karenina" Sizga yana yangi dunyolarni ochishga shay.
Jamiyatda yuqori mavqega ega boʻlgan xonadon bekasi qalbidagi kemtiklikni muhabbatdan izlaydi. Unga oʻsha muxabbat nasib xam boʻladi. Xoʻsh, Anna nega unda atrofidagi mayda muammolardan qatʼi nazar, mehr-muhabbatdan sarmast boʻlishi kerak boʻlgan pallada oʻziga soʻnggi chora-oʻlimni ravo koʻrdi? Vronskiy-chi? U Annaning vasliga erishgach, qalbi daryo, muhabbati yoʻlida sobit ayolga hamisha yana nimadir yetishmayotganini anglashi, his qilishi kiyinmidi? Darhaqiqat, Lev Tolstoy bu asari haqida “Anna Karenina -men o'zim”, deb aytadi. Anna timsoli orqali yozuvchi hayot-mamot, inson taqdiri, yashashdan maqsad, odamzotning maʼnaviy kamoloti, aʼmoli kabilarga oʻzining haqqoniy va samimiy munosabatini bildiradi. Romanda keltirilgan Kareninlar, Oblonskiylar va Levinlardan iborat uchta katta oilaning turmush-tarzi, ularni bogʻlagan rishtalar, qahramonlardagi eʼtiqod masalasi, Vronskiyni Annaga (yoki Annani Vronskiyga) tomon talpintirgan kuch, nihoyat Annaning halokatli oʻlimi tasvirlarini oʻqirkan, kitobxon oʻzini beixtiyor Tolstoyga yaqindek, Tolstoyga hamfikrdek, balki Tolstoy qalbini oʻqiyotgandek his etadi.
Tolstoyning 70-yillar ijodida "Anna Karenina" romani alohida o‘rin tutadi. "Urush va tinchlik"dan to bu roman yozilgunga qadar bo‘lgan davrda Tolstoyning rus jamiyatida ijtimoiy tenglik va adolat haqidagi orzulari ro‘yobga chiqmadi. 60-yillardagi islohot yozuvchi kutgan natijani bermadi. Bu romanda Tolstoyning jamiyat hayotida ro‘y berayotgan noxush jarayonlar haqidagi iztirobli o‘ylari aks etgan. Romanda Kareninlar, Oblonskiylar va Levinlarning uchta oilasi tarixi tasvirlangan bo‘lib, ular bir-biriga bog‘liq, ammo mustaqil syujet chizig‘iga ega. Tolstoy ham aksariyat rus yozuvchilari kabi xristian diniga chuqur e’tiqod qo‘ygan, voqea-hodisalarga, kishilarning xatti-harakatlariga ana shu diniy nuqtayi nazardan yondashgan. Uning diniy qarashlari, shubhasiz, jamiyatga, shu jamiyatda yashovchi odamlarga, binobarin, u yoki bu qahramonga bo‘lgan munosabatiga ta’sir ko‘rsatgan. Tolstoyning diniy qarashlari oilaviy masalalarga yondashuvida, xususan, Kareninlar oilasida sodir bo‘lgan voqealarda ham ko‘zga tashlanadi. Bu a’zolar qanchalik iflos sifatlarga ega bo‘lmasin

