• ISBN: 978-9943-25-948-5, Til: O‘zbekcha, Yozuv: Kirillcha, Betlar soni: 536, Nashriyot: O‘zbekiston, Muqovasi: Qattiq, Qog‘oz formati: A5, Bichimi: 60x90 1/16, Chop etilgan yili: 2020
Badiiy adabiyotda muhabbat mavzusida yozilgan asarlar qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ularning hech birida takdirlar, qismatlar, fojialar, o‘ylar, qarashlar bir-birini takrorlamaydi. Navoiyning Laylisi-yu Majnuni, Shekspirning Otellosi-yu Dezdemonasi, Knut Gamsunning Edvardasi, Chingiz Aytmatovning Jamilasi. Lev Tolstoyning Anna Kareninasi ham haqli ravishda mana shunday asar qahramonlari safida turadiki, adib ijodiga oshno bo‘lgan har bir kitobxon buni yaxshi anglaydi.
Adabiyotdan panoh istagan, adabiyotni maʼnaviy kamoloti uchun zarur deb bilgan kitob ixlosmandlari eʼtiboriga qariyb qirq yillik tanaffusdan so‘ng havola etilayotgan daho ijodkorning beqiyos asari - "Anna Karenina" Sizga yana yangi dunyolarni ochishga shay.

