• Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
• Kitob tili: O'zbek
• Sahifa : 1-480, 2-496, 3-464
• Ko'zni og'ritmaydigan qog'ozdan qilingan
• Yozuv: krill
Ma’lumki, jismoniy va moliyaviy ibodatlarimizni, ya’ni zohiriy amallarimizni shariatimiz tartibga soladi va ularning tafsilotlarini fiqh ilmi Qur’oni Karim va Sunnat asosida bayon qilib beradi. Dinimizning ruhiy-ma’naviy hamda axloq-odobga oid ta’limotlarini esa Qur’oni Karim va Sunnat asosida ruhiy tarbiya ilmi bayon qilib beradi.
“Ruhiy tarbiya” asari dinimizning tamal toshlaridan biri bo‘lmish nafs tarbiyasi masalalariga bag‘ishlangandir. Ushbu majmua “Poklanish”, “Tiklanish” va “Hulqlanish” deb nomlangan uch jilddan iborat bo‘lib, ularga nafsni poklash, axloqni sayqallash kabi ruhiy kamolot bosqichlariga oid masalalar kiritilgan. Unda nafs va qalbdagi turli xastalarning bayoni, ulardan poklanish yo‘llari hamda ruhiy kamolot bosqichlariga oid qimmatli ma’lumotlar berilgan.

