• Nomi: «Ruhiy tarbiya» 1, 2, 3 - juzlar. «Poklanish», «Tiklanish» va «Xulqlanish»
• Hajmi: 1-juz - 480 bet, 2-juz - 496 bet, 3-juz - 464 bet
• Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
• Muqovasi: Qattiq
📖 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning Ruhiy tarbiya uch jildlik to‘plami bilan ma’naviy kamolotga erishing!
🔍 Kitob nimada haqida?
Ruhiy tarbiya Kitobi — taniqli islom olimi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tomonidan ruhiy tarbiya va nafs poklanishiga bag‘ishlangan muhim uch jildlik asar.
«Poklanish», «Tiklanish» va «Xulqlanish» nomli jildlardan iborat bo‘lib, Qur’oni Karim va Sunnat ta’limotlari asosida yozilgan. Kitobda ruhiy o‘sish bosqichlari, nafsni poklash, axloqni sayqallash va qalbdagi kasalliklardan xalos bo‘lish yo‘llari yoritiladi.
Ma’lumki, jismoniy va moliyaviy ibodatlarimizni, ya’ni zohiriy amallarimizni shariatimiz tartibga soladi va ularning tafsilotlarini fiqh ilmi Qur’oni Karim va Sunnat asosida bayon qilib beradi. Dinimizning ruhiy-ma’naviy hamda axloq-odobga oid ta’limotlarini esa Qur’oni Karim va Sunnat asosida ruhiy tarbiya ilmi bayon qilib beradi.
“Ruhiy tarbiya” asari dinimizning tamal toshlaridan biri bo‘lmish nafs tarbiyasi masalalariga bag‘ishlangandir. Ushbu majmua “Poklanish”, “Tiklanish” va “Hulqlanish” deb nomlangan uch jilddan iborat bo‘lib, ularga nafsni poklash, axloqni sayqallash kabi ruhiy kamolot bosqichlariga oid masalalar kiritilgan. Unda nafs va qalbdagi turli xastalarning bayoni, ulardan poklanish yo‘llari hamda ruhiy kamolot bosqichlariga oid qimmatli ma’lumotlar berilgan.

