• Nashriyot: «Hilol-Nashr» nashriyot-matbaasi
• Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
• Nomi: «Ruhiy tarbiya» 1, 2, 3 - juzlar. «Poklanish», «Tiklanish» va «Xulqlanish»
• Hajmi: 1-juz - 480 bet, 2-juz - 496 bet, 3-juz - 464 bet
• O‘lchami: 84×108/32
• Muqovasi: qattiq
• ISBN: 978-9943-9131-5-8
Ma'lumki, jismoniy va moliyaviy ibodatlarimizni, ya'ni zohiriy amallarimiz shariatimiz tomonidan tartibga solinib, ularning tafsilotlarini fiqh ilmi Qur'oni Karim va Sunnat asosida bayon qilib beradi. Dinimizning ruhiy-ma'naviy va axloq-odobga oid ta'limotlarini esa Qur'oni Karim va Sunnat asosida ruhiy tarbiya ilmi bayon qilib beradi.
«Ruhiy tarbiya» asari dinimizning tamal toshlaridan biri bo‘lmish nafs tarbiyasi masalalariga bag‘ishlangandir. Ushbu majmua «Poklanish», «Tiklanish» va «Xulqlanish» deb nomlangan uch jilddan iborat bo‘lib, ularga nafsni poklash, ahloqni sayqallash kabi ruhiy kamolot bosqichlariga oid masalalar kiritilgan, nafs va qalbdagi turli xastaliklarning bayoni va ulardan poklanish yo‘llari, ruhiy kamolotning bosqichlariga oid qimmatli ma'lumotlar berilgan.

