"Koʻzlaringni haromdan saqla" bilan boshlanib, "Qalbingni haromdan
sagla" bilan davom etgan ishq shamolil "Ruhingni haromdan saqla'da
O'mer va Betulning qadamlari bilan yanada shiddatga mind...
Ummon tinch edi... Quyosh esa ummonga muloyimlik bilan
ohista urilar va bizni nurlari bilan yoritardi. Ammo bu sokinlik bizga
chinakam huzur-halovat olib keladimi yoki shunchaki tubidagi
o'pqon-u girdoblarni yashiryaptimi - buni bilmasdik.
"O'mer koʻzlarini haromdan saqlay olgandi.
Keyin esa qalblarga navbat yetgandi, ularni ham haromdan saqlash uchun
O'merning ummonida harakat qilgandik. Endi esa ruhimizni
himoya qilishimiz kerak edi. Himoya qilishimiz va bu ummonda,
bu to'lqinlar orasida omon qolish uchun yozgan qulochlarimiz orasida
ruhlarimizning g'arq bo'lishiga yo'l qo'ymasligim kerak edi".
Betul Gunsur
"Betul, senga bir narsani e'tirof qilishim kerak. Borligini bila turib,
hech esingga kelmagan bir haqiqat bor, buni ko'rmading.
Agar, chindan ham, istamasam, hech kim hayotimga kirolmaydi,
qalbimga yaqinlasholmaydi. Buni menga o'zing aytganding.
Xoʻsh, go'zalim, menga ayt-chi, nima uchun senga qarshilik qila olmadim?
Yaratgan Egam, uni menga berganing uchun O'zingga
hamd-u sanolar aytaman. Uni va... Bizga yana bir bor hadya qilgan
farzand ne'mating uchun O'zingga behisob shukrlar bo'lsin".
O'mer Gunsur

