2016-yilda Rossiyada "Ruh uchun tovuq sho‘rva" seriyasini yo‘lga qo‘yganimizda, uning qanday muvaffaqiyat kutayotganini hali bilmasdik. Ammo har bir to‘plamda o‘ziga xos sehr-jodu bor edi va bu kichik hikoyalar har safar qushday uchib, o‘zlari uchun ochiq deraza bo‘lgan uylarni topib ketardi.
5 yil - kichik yubiley, ammo sarhisob qilish va kelajak haqida o‘ylash uchun ajoyib imkoniyat. 16 ta to‘plam ortda qoldi, oldinda esa ajoyib yangi to‘plamlar kutmoqda. Ular ichki imkoniyatlar tugab qolganda sizni qo‘llab-quvvatlaydi, o‘zgarishlarga bo‘lgan ishtiyoqingizni kuchaytiradi, ruhiy jarohatlaringizni davolashga yordam beradi, baxt uchun ba’zan juda oz narsa kifoya qilishini eslatadi.

