Yuqori darajadagi Rubob prima boy va barqaror ovozga ega. 24 ta latun pardalar bilan jihozlangan bo‘lib, an’anaviy o‘zbek diapazoniga mos ravishda joylashtirilgan. Kosasi zich tut daraxtidan, rezonansli va yumshoq tovush beradi. Dastasi — yong‘oq va o‘rik yog‘ochlaridan tayyorlangan, mustahkam va bardoshli. Qo‘y terisi tortilgan bo‘lib, ohangga chuqurlik va hissiyot qo‘shadi. 4 ta po‘lat sim va 1 ta leska taqilgan. Aniqlik bilan sozlash uchun 5 ta mexanik bulok o‘rnatilgan. An’anaviy, akademik va zamonaviy musiqalarni ijro etish uchun mos.

