RQSDOT 4 (DOT 4+) — zamonaviy yengil avtomobillar, mototsikllar, skuterlar hamda tijorat transport vositalarining gidravlik tormoz tizimlari uchun maxsus ishlab chiqilgan yuqori sifatli sintetik tormoz suyuqligi.
Ishonchli tormozlanish: Yuqori qaynash haroratiga ega bo‘lib, keskin yoki uzoq davom etgan tormoz berish holatlarida ham qaynash va bug‘ tiqinlari hosil bo‘lishining oldini oladi.
Zamonaviy xavfsizlik tizimlari: ABS, ESP va VSA kabi elektron xavfsizlik tizimlari o‘rnatilgan tormoz tizimlarida barqaror va tezkor bosim o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Uzoq muddatli himoya: Tizim ichidagi metall qismlarni zanglash va korroziyadan asraydi, rezina zichlagichlar (salnik va manshetlar) materialiga zarar yetkazmaydi, ularning elastikligini saqlaydi.
Xalqaro standartlar: SAE J 1703, J 1704, FMVSS 116 DOT 4 va ISO 4925 standartlari talablariga to‘liq javob beradi.

