Shotlandiyaning Mure orolida — o‘ziga xos va qo‘pol tabiatli, ammo hayratlanarli darajada go‘zal bu maskanda — Rojdestvo qanday nishonlanadi? Odamlar iliq kamin yonida, yaqinlari davrasida qulay joylashib, qadah ko‘tarishadi va quvonchli xabarlar bilan bo‘lishishadi... Ammo aytishga juda noqulay tuyulgan xabar bo‘lsa-chi? Gap shundaki... Flora o‘zining sobiq rahbariga katta Rojdestvo syurprizini tayyorlamoqda. Yagona savol shuki: Joel bundan xursand bo‘larmikan?
Ayni paytda, shimolning shu go‘shaida yana bir inson ushbu quvonchli bayramni ilk bor nishonlamoqda. Ikki o‘g‘ilni yolg‘iz o‘zi voyaga yetkazayotgan ota uchun hayot oson kechmayapti — axir ular o‘z uylaridan juda olisda qolishgan.

