PRIME rozetkali kuchlanish relesi maishiy elektr jihozlarini tarmoqdagi kuchlanishning keskin oshishi yoki pasayishidan himoya qilish uchun mo'ljallangan. Qurilma rozetkaga to'g'ridan-to'g'ri ulanadi va televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, kompyuter, qozon hamda boshqa maishiy texnikalarni xavfsiz ishlashini ta'minlaydi. Kuchlanish me'yoridan chiqsa, rele avtomatik ravishda elektr ta'minotini uzadi va kuchlanish normallashgach belgilangan kechikish bilan qayta ulaydi

