• Avtomatik qayta ulanish: mavjud
• Energiya iste'moli: < 2 W
• O‘lchov aniqligi: ±1%
• Ishlash muddati: 100 000 sikl
• Himoya darajasi: IP20
• Ishlash kuchlanishi: 220 V (AC 50/60 Hz)
• Maksimal tok: 16 A
• Maksimal quvvat: 3000 W
• Himoya chegaralari: Minimal: 140 V Maksimal: 300 V
• Himoya ishga tushish vaqti: 0,1 soniya
Bu rozetkaga ulanadigan kuchlanishni nazorat qiluvchi rele uydagi elektr jihozlaringizni – televizor, sovutgich, mikroto‘lqinli pech, kompyuter, kir yuvish mashinasi va boshqa qurilmalarni kuchlanishdagi o‘zgarishlardan himoya qiladi.
Agar kuchlanish belgilangan chegaradan oshsa yoki tushsa, rele avtomatik tarzda qurilmalarni elektr tarmog‘idan uzadi. Kuchlanish normallashgach, u oz vaqt o‘tib avtomatik tiklanadi. Ishlash chegaralari va tiklanish qiymatlari foydalanuvchi tomonidan sozlanadi. Qurilma kuchlanishni raqamli indikator orqali ko‘rsatadi, kiritilayotgan ma’lumotlarni kalibrlash ham mumkin.
Bundan tashqari, bolalardan himoya qilish uchun xavfsizlik qopqog‘i (shtorli rozetka) va yerga ulash (zazemlenie) mavjud. Qurilma qulay tugma yordamida boshqariladi.

