Royal Canin HYPOALLERGENIC (GIPOALLERJENIK) Premium toifadagi oziq-ovqat allergiyasi bo‘lgan kattalar itlari uchun quruq ozuqa
Kattalar itlari uchun HYPOALLERGENIC (GIPOALLERJENIK) yuqori sifatli to‘liq oziqlantiruvchi parhezli quruq ozuqa, oziq-ovqat allergiyasi yoki ayrim ingrediyentlarga nisbatan oziq-ovqat murosasizligida qo‘llaniladi. Oqsil va uglevodlarning maxsus tanlangan manbalari. Itlar uchun gipoallergen ozuqa tarkibidagi gidrolizlangan oqsillar tufayli allergik reaksiyalar rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi, terining tabiiy himoya to‘sig‘ini saqlashga yordam beradi, ovqat hazm qilish tizimi va terining sog‘lig‘ini saqlash uchun muhim Omega-3 yog‘ kislotalari va ozuqa moddalarini o‘z ichiga oladi.
Ko‘rsatmalar:
• Dermatologik va/yoki gastroenterologik alomatlar bilan kechadigan ozuqaga noxush reaksiyalar (ONR)
• Tashxis qo‘yish (eliminatsion tadqiqot)
• Itlarning atopik dermatiti ONR bilan birgalikda
• Surunkali diareya
• Ichakning yallig‘lanish kasalliklari (IYK)
• Oshqozon osti bezining ekzokrin yetishmovchiligi
• Ingichka ichakda bakterial mikrofloraning haddan tashqari ko‘payishi
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:
• Pankreatit
• Laktatsiya
• O‘sish

