Kattalar mushuklari uchun to‘liq oziqlantiruvchi muvozanatli quruq yem - 1 yoshdan oshgan kattalar mushuklari uchun mos bo‘lgan HAIR & SKIN CARE (HEYR END SKIN KEYA) ROYAL CANIN® teri va jun sog‘lig‘ini saqlash uchun tavsiya etiladi.
Quruq mahsulot formulasi teri salomatligi va jun go‘zalligini saqlaydi, shuningdek, mushukning siydik chiqarish tizimi salomatligiga yordam beradi.
Teri hujayralari doimiy ravishda yangilanib turadi va ozuqa moddalariga muhtoj bo‘ladi, terining yuqori sezuvchanligi esa ko‘pincha jun sifatining yomonlashishiga olib keladi.
HAIR & SKIN CARE (XEYR END SKIN KE) formulasi teri salomatligi va jun holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan Omega-3 va Omega-6 yog‘ kislotalarini o‘z ichiga oladi.
Ratsionda B guruhi vitaminlari, oltingugurt saqlovchi aminokislotalar, rux va mis birikmasi mavjud bo‘lib, bu ozuqa moddalari terining to‘siq vazifasini qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, mushuk junining tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Bundan tashqari, ratsiondagi yuqori sifatli L.I.P* oqsillari sog‘lom va chiroyli jun o‘sishiga yordam beradi.
Faqatgina ROYAL CANIN® HAIR & SKIN CARE (XEYR END SKIN KEYA) ratsionidan foydalanganda atigi 21 kundan so‘ng mo‘yna yaltiroqligi yaxshilanadi.**
Shuningdek, mahsulot minerallarning muvozanatli tarkibi va siydikning pH darajasini nazorat qilish orqali siydik chiqarish tizimi kasalliklarining oldini olishga yordam beradi.

