Bar madaniyatida sirop kokteyllarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. U qahva, alkogolli va alkogolsiz kokteyllar, gazlangan ichimliklar hamda desertlarga o‘ziga xos ta’m va xushbo‘y hid beradi. Tajribali barmen qo‘lida sirop muassasaning “fishkasi”ga aylanishi, uning mashhurligi va mijozlar oqimini oshirishi mumkin.
Tabiiy siroplar
Biz an’anaviy qaynatish usulidan voz kechganmiz, chunki mahsulotning tabiiy rangi, boy aromasi va o‘simlik xom ashyosining foydali xususiyatlarini saqlab qolish muhim deb hisoblaymiz.
Yuqori sifatli, tabiiy rang va to‘yingan aromaga ega mahsulot olish uchun biz:
yangi xom ashyodan foydalanamiz;
zamonaviy maxsus uskunalardan foydalanamiz;
maxsus harorat rejimiga amal qilamiz.

