• SPF 38 PA+++ — UVA va UVB nurlaridan himoya
• Gialuron kislotasi — chuqur namlantirish
• Teri rangini tekislaydi va tabiiy yorqinlik beradi
• Niatsinamid va adenozin — anti-aging ta'sir
Ronas CC Krem SPF 38 PA+++ (50ml)
Ronas CC krem teri parvarishi va dekorativ kosmetika xususiyatlarini o'zida mujassam etgan universal vosita. Yengil formulasi tufayli kundalik foydalanish uchun ham, makiyaj asosi sifatida ham mukammal mos keladi.
Tarkibidagi niatsinamid, adenozin va gialuron kislotasi terini chuqur namlantiradi, oziqlantiradi va ajinlarga qarshi kurashadi. Hidrolizlangan kollagen, allantoin va jojoba yog'i esa terini tiklanishiga yordam beradi.
SPF 38 PA+++ himoya darajasi UVA va UVB nurlarining zararli ta'siridan saqlaydi, terining erta qarishini va pigmentatsiya paydo bo'lishini oldini oladi. Krem teri rangini tekislaydi, xiralikni bartaraf etib, tabiiy yorqinlik beradi.
Quruq, sezgir va giperpigmentatsiyaga moyil teri turlari uchun ayniqsa tavsiya etiladi.

