Romantic Bird 2 qavatli makiyaj paletkasi — bitta qutida kerakli makiyaj vositalari jamlangan zo‘r variant. Paletkada ko‘z uchun tenlar, yuzga rumyana, haylayter va kontur ranglari bor. Kundalik make-updan tortib kechki obrazgacha ishlatish mumkin.
Paletkadagi ranglar zamonaviy va chiroyli ko‘rinish yaratishga yordam beradi. Tenlar yordamida ko‘zlarga ifodali look berish, haylayter bilan yuzning kerakli joylarini yoritish, rumyana bilan tabiiy qizarish va kontur bilan yuz chiziqlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
2 qavatli dizayn ko‘proq rang va imkoniyat beradi. Ixcham qutisi sabab kosmetikalar bir joyda tartibli turadi. Uyda, sumkada yoki safarda olib yurish uchun qulay.
Romantic Bird paletkasi makiyaj qilishni yoqtiradigan qizlar uchun chiroyli va amaliy kosmetika nabori. Nude, jigarrang, pushti va yaltiroq ranglar turli xil obrazlar yaratishga mos keladi.

