• Klaviatura: 61 ta to‘liq o‘lchamli klavisha, bosish tezligiga sezgir (velocity)
• Tovushlar: 1500+ ichki tembr
• Polifoniya: murakkab ko‘p ovozli partiyalar uchun 128 ovozgacha
Roland E-A7 — ko‘p funksiyali portativ klaviatura (8 kg) bo‘lib, avtoakkompaniment, professional tovushlar va butun dunyodan autenitik stillarni taklif qiladi. Ikkita displey: chapda stillar, o‘ngda 1500+ tovushlar, asosiy funksiyalar esa qulay tutqichlar orqali boshqariladi. Ichki mikrofon va vokal effektlari vokalist klaviaturistlar uchun mos.
Stil xilma-xilligi: E-A7 Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa, Janubiy Amerika va boshqa mintaqalar stillarini qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, g‘arbiy va xalqaro janrlar uchun ham mos.
Boy va autenitik tovushlar: 1500+ tembrlar — pianino, elektropiano, organ, simli, puflama va etnik cholg‘ular. Tovushlar mintaqalar bo‘yicha guruhlangan, kerakli tembrni topishni osonlashtiradi.
O‘z tovushingizni yaratish va boshqarish: WAV fayllarni import qilish va ichki sempling yordamida shaxsiy tovushlar yaratish mumkin. Tugmalar va slayderlar bilan jihozlangan boshqaruv paneli menyusiz ko‘plab funksiyalarni boshqarish va foydalanuvchi programmalarini saqlash imkonini beradi.

