• To‘q yashil rangli fianit toshlari.
• Nozik gul shaklidagi dizayn.
• Rodiy oksidlanish va shikastlanishdan himoya qiladi.
• Gipоallergen va teri uchun xavfsiz.
• O‘lchami: 10×10 mm.
• 925 probali kumush, rodiy qoplamali.
• Kundalik taqish va maxsus tadbirlar uchun mos.
Aureya zargarlik buyumlari bilan nafislik olamiga sho‘ng‘ing — bu kolleksiyada kumush o‘ziga xos qadr-qimmat kasb etadi. Dizayn Italiyada yaratilgan, ishlab chiqarish esa Gonkongda amalga oshiriladi. Barcha buyumlar uch bosqichli sifat nazoratidan o‘tadi.
Bizning mahsulotlarimiz 925 probali kumushdan tayyorlanib, rodiy bilan qoplangan — u nafaqat oltindan 2 baravar qimmat bo‘lgan platin guruhiga mansub qimmatbaho metall, balki gipоallergik xususiyatlarga ham ega. Rodiy taqinchoqni oksidlanishdan, rangining o‘zgarishidan va mexanik shikastlanishlardan himoya qiladi, yillar davomida porloq jiloni saqlab qoladi.
O‘zbekistonda ko‘pincha qimmatbaho metall o‘rniga arzon materiallardan foydalanish hollari uchraydi. Masalan, kumush buyumlar nikel bilan qoplanadi. Rivojlangan davlatlarda nikeldan foydalanish taqiqlangan, chunki u inson salomatligi uchun zararli. Aureya esa bunday materiallardan mutlaqo foydalanmaydi va mahsulotlarining yuqori sifati hamda xavfsizligini ta’minlaydi.
Bizning buyumlarda eng yaxshi materiallar qo‘llaniladi:
• Legor Group (Italiya) kompaniyasining qotishmasi — zargarlik sanoatida tan olingan yetakchi.
• Signity (Swarovski bo‘linmasi) kiritmalari — mukammal qirqim, yuqori tiniqlik, barqaror jilo.
• Qimmatbaho metall tarkibi O‘zbekiston probir nazorati tomonidan tasdiqlangan.
Mahsulot Aureya firmasining sovg‘a qutisida yetkazib beriladi.
Barcha taqinchoqlarimizga 6 oylik rasmiy kafolat beriladi.

