Haqiqiy muvaffaqiyat nima va unga qanday erishish mumkin? Na mansab pog‘onasiga, na dunyodagi inqirozlarga bog‘liq bo‘lmagan baxtga erishish mumkinmi? Qanday qilib ertangi kun haqida cheksiz qayg‘urishdan xalos bo‘lib, har bir o‘tgan kundan zavqlanishni boshlash mumkin? Odatdagi qulaylikdan voz kechmagan holda ma’naviy in’omlarga ega bo‘lish imkonini beradigan oddiy retseptlar bormi? Qanday qilib super qobiliyatlarni rivojlantirish va taqdirni o‘zingizga bo‘ysundirish mumkin? Va, ehtimol, eng muhimi: o‘z da’vatingizni qanday topish va o‘zingiz bo‘lishingiz mumkin? Javob - dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bestsellerga aylangan ushbu kitobda. Robin Sharma sobiq millioner Julian Mentl bilan birgalikda kitobxonga orzular ushaladigan mamlakat - Sivanaga ajoyib sayohatni taklif etadi!

