Muvaffaqiyatli sarmoyador bo'lish sirlari
Robert Kiyosakining mashhur "Boy ota, kambag‘al ota" kitobi moliyaviy savodxonlik dunyosiga kirish uchun eng yaxshi qo'llanmadir. Ushbu asar pullar siz uchun ishlashi kerakligi, aksincha emasligini o'rgatadi. Muallif o'zining ikki otasi — biri o'qimishli, lekin doimiy qarzda yuradigan, ikkinchisi esa maktabni bitirmagan, ammo yirik tadbirkor bo'lgan insonning qarashlarini solishtiradi.
Kitobda quyidagi asosiy mavzular yoritilgan:
Aktivlar va passivlar o'rtasidagi farq;
Nima uchun maktabda pul haqida dars berilmaydi;
Moliyaviy erkinlikka erishish yo'llari;
Sarmoya kiritish va tadbirkorlik tafakkuri.
Ushbu kitob nafaqat tadbirkorlar, balki o'z kelajagini moddiy jihatdan ta'minlashni istagan har bir kishi uchun mo'ljallangan.
ISBN : 9789910919565
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 256
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Aksiyalar : Eng ko‘p sotilganlar
Chop etilgan yili : 2024
Nashriyot : BEST-BOOK
Yozuv : Lotincha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq
Muallif : Robert Kiyosaki

