Agar dunyoda sizga martaba va biznesingizda favqulodda turtki beradigan kitob bor bo'lsa, siz uni qo'lingizda ushlab turibsiz. «Kelishuv psixologiyasi» muallifi dunyodagi eng ko'p tilga olingan ijtimoiy psixolog Robert Chaldini ko'p yillar davomida huddi maxfiy agent kabi yirik korporatsiyalarning savdo bo'limlariga kirib bordi. U bir xulosaga kelgunga qadar yaxshilarning eng yaxshisini kuzatdi. Muzokaralar daholari ishontirish jarayoni boshlanishidan oldin ham kerakli natijaga erishish uchun intuitiv usullardan foydalanadilar. Tasavvur qiling-a, siz ishxonaga kiriganingizdan so'ng rahbar maoshingizni oshirishiga roziligini olasiz. Yoki uni ishontirishga urinmasdan ham xavfli loyihada sherigingizning yordamiga murojaat qilasiz. Yoki siz muzokaralarni boshlaganingizda mijoz eng yuqori narxni to'lashga rozi bo'lishiga erishasiz. Bu xazil yoki marketing xiylasi emas. Bu ajoyib olim va o'z darajasida zo'r amaliyotchi tomonidan ishlab chiqilgan inqilobiy texnikadir.
Mazkur kitobdan siz: haqiqiy biznes amaliyotidan va muallifning shaxsiy tajribasidan 117 ta ilhomlantiruvchi misollarni hamda ta'sir va ishontirish mexanizmlarini ochib beruvchi 7 ta tamoyillarni topishingiz mumkin.

