Ushbu kitobda insonlarning ruhiy kechinmalari, hayotda uchraydigan muammolar va ularning yechimlari haqida so‘z yuritiladi. Buvi va nabira o‘rtasidagi suhbatlar orqali hayotdagi qiyinchiliklar qarshisida qanday yo‘l tutish, nimalarga e’tibor berish va sabr qilish kerakligi hayotiy misollar asosida yoritiladi. Kitob o‘quvchini ruhiy-ma’naviy oziqa olishga va hayot haqida chuqurroq fikrlashga chorlaydi.

