THOR TRSS-RJ45/8 impulsli kuchlanishdan himoya qurilmasi RJ45 Ethernet tarmog‘idagi uskunalarni chaqmoq, elektromagnit shovqin va kuchlanish sakrashlaridan himoya qilish uchun mo‘ljallangan.
IP-kameralar, videoregistratorlar, routerlar, switchlar, Wi-Fi access pointlar va PoE qo‘llovchi boshqa Ethernet uskunalari uchun mos.
Afzalliklari:
RJ45 Ethernet liniyasini himoya qiladi.
10/100/1000 Mbit/s Gigabit Ethernet qo‘llab-quvvatlaydi.
PoE 48–57 V bilan mos.
Maksimal impuls toki 10 kA.
Nominal razryad toki 5 kA.
DIN-reykaga o‘rnatiladi.
Tarmoq uskunalarining xizmat muddatini uzaytiradi va ishonchli himoya ta’minlaydi.

