So'z foydali bo'lsa, aytilishdan maqsad yaxshilik bo'lsa, albatta, tilga chiqarilishi kerak. Boshqalar naf oladigan narsalarni yoyishda mashhurlik zarur bo'lsa, bu ham mayli. To'rvasida shirintigi bor odam ko'chaga chiqmasa, qanday tarqatadi ularni. Lekin yaxshi gap gapirish jo'n narsa emas. Deylik, o'lchab-bichib gapirishning o'zi yetmaydi; so'zni to'g'ri yerda, to'g'ri vaqtda, to'g'ri bir uslubda, to'g'ri kishiga so'ylash ham muhim. Aks holda to'g'ri so'z ham egriga aylanishi hech gapmas.
ISBN : 9789910937583
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 88
Chop etilgan yili : 2024
Nashriyot : Pir nashriyoti
Yozuv : Lotincha
Til : O'zbekcha

