"Rizq kalitlari" — Ziyovuddin Rahim va Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li tomonidan yozilgan kitob bo‘lib, unda rizq, baraka, boylik va qanoat masalalari yoritilgan. Shuningdek, shariatning rizq izlash borasidagi yo‘l-yo‘riqlari keltirilgan. Kitobda mo‘min kishining rizq haqidagi e’tiqodi, Allohning hammaning rizqini keng qilib qo‘ymasligining sabablari va rizqqa baraka kirishi uchun nima qilish kerakligi kabi savollarga javoblar topishingiz mumkin.
Kitobning mundayijasi quyidagicha:
"Rizq" so‘zining ma’nosi
Rizq haqida e’tiqodimiz qanday bo‘lishi kerak?
Rizq faqat Allohdan so‘raladi!
Rizq beruvchi Alloh
Rizq kengayib-torayadimi?
Alloh nega hammani boy qilib qo‘ymaydi?
Boylik faqat Alloh suygan bandalarga beriladimi?
Rizq kengayib-torayishi toat-ibodatga yoki gunoh-ma’siyatga bog‘liqmi?
Rizq kalitlari
1-kalit: Allohga taqvo qilish
2-kalit: Hojatini ravo qilishni faqat Allohdan so‘rash
3-kalit: Toat-ibodat, solih amallar
4-kalit: Oxiratni dunyodan ustun qo‘yish
5-kalit: Namoz o‘qish
6-kalit: Sila-rahm qilish
7-kalit: Butun vujudi bilan berilib ibodat qilish
8-kalit: Haj bilan umra qilish
9-kalit: Haromdan saqlanish niyatida oila qurish
10-kalit: Rostgo‘ylik
11-kalit: Omonatdorlik
12-kalit: Tolibi ilmlarga yordam berish
13-kalit: Muhtojlarga yaxshilik qilish
14-kalit: Ko‘p istig‘for aytish
15-kalit: "Subhanallohi va bihamdihi"ni ko‘p aytish
16-kalit: "Laa havla va laa quvvata illaa billah"ni ko‘p aytish
17-kalit: Keng rizq so‘rab duo qilish
18-kalit: Qashshoqlikdan panoh tilash
19-kalit: Har kecha Voqea surasini o‘qish
20-kalit: Rizq talabida harakat qilish
21-kalit: Ashuro kuni oilasiga kenglik qilish

