«Riyozus solihiyn muxtasar sharhi» — mashhur “Riyozus-salihiyn” (“Solihlar gulshani”) kitobidan tanlab olingan hadislar asosida yozilgan bo‘lib, Usoma Qutbiddin tomonidan sodda, ravon va tushunarli tarzda sharhlangan.
Kitobda:
— odob-axloq, ibodat va muomala haqidagi eng muhim hadislar;
— qisqa, ravon va amaliy sharhlar;
— hadisdan olinadigan foydali xulosalar;
— yoshlar va kattalar uchun mos tarbiyaviy ko‘rsatmalar
o‘rin olgan.
Hadislarning qisqa bo‘lishi uni oson yodlash imkonini beradi, mazmuni esa insonni poklik, mehr, halollik, sabr, taqvo va go‘zal axloqqa yetaklaydi.
Bu kitob oila, maktab, masjid darslarida yoki shaxsiy mutolaada foydalanish uchun juda qulay.
📝 Sahifalar soni: 208
📏 Hajmi: 13×20 sm
📕 Muqovasi: Qattiq
🔤 Alifbo: Kirill

