
• Qayerga mos keladi: aravacha, bolalar karovati, avtomobil o‘rindig‘i, ozuqa stuli, o‘yin gilami
• O‘rnatish: egiluvchan, karovatga ikki xil usulda o‘rnatiladi
• Materiallar: yumshoq mato + plastik elementlar
• Osilgan o‘yinchoqlar: 3 qator, ichida g‘ijjak, tishlama va chinqiroq
• Yengil va portativ — har doim bolakay bilan birga
• Bola uzoq vaqtga shug‘ullanishi mumkin, ota-onaga dam olish imkonini beradi
• Xavfsiz va gipoallergen materiallardan tayyorlangan
• 30°C da qo‘l bilan yuviladi, shaklini yo‘qotmaydi
O‘yin yoychasi — bu chaqaloqning tug‘ilganidan boshlab rivojlanishi uchun ajoyib o‘yinchoq bo‘lib, u har qanday joyda — uyda, sayrda yoki mashinada — uning yonida bo‘lishi mumkin. Quvlay mahkamlovchi elementlari tufayli yoycha bolalar aravachasiga, beshik, avtoulov o‘rindig‘i, ovqatlantirish stulchasi yoki o‘yin gilamchasiga osonlik bilan o‘rnatiladi.
Beshikka uni ikki xil usulda mahkamlash mumkin: uzunlamasiga yoki eniga. Osma o‘yinchoqlar yoychaga maxsus olinadigan halqalar orqali biriktirilgan, shuning uchun ularni joyini almashtirish, boshqa joylarga alohida taqish yoki mustaqil o‘yinchoq sifatida ishlatish mumkin.
Yoycha yumshoq matodan tayyorlangan bo‘lib, yon tomonlarida plastik mahkamlovchilar va uch qatorda joylashgan osma o‘yinchoqlar mavjud: yumshoq o‘yinchoqlar, tishlab o‘ynaladigan o‘yinchoqlar (grizunki), jarangdovuchlar (pogremushkalar) va musiqali blok.
Yoycha va osma o‘yinchoqlar turli faktura va rangdagi materiallardan tikilgan bo‘lib, ko‘z uchun yoqimli ko‘rinishga ega. Do‘stona dengiz jonzotlari — musiqiy qisqichbaqa, quvnoq sakkizoyoq-jarangdovuch, chiyillovchi baliqcha va yumshoq korall — farzandingizga juda yoqadi va unga quvnoq do‘st bo‘ladi. Har bir o‘yinchoq ichida sirli element mavjud: chiyillovchi, musiqali blok yoki jarangdovuch shaklida.
To‘plamga shuningdek, tishlab o‘ynaladigan “dengiz yulduzi” va halqa shaklidagi grizunka-jarangdovuch ham kiradi.
Oldida osilib turgan o‘yinchoqlar bolani harakat qilishga, qo‘llari bilan ushlashga, kuzatishga va turli tovushlarni chiqarishga undaydi. Bu esa bolaning erta rivojlanishiga, ushlash refleksini faollashtirishga, mayda motorika, ko‘rish, epchillik va muvofiqlashtirish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.
Eng asosiysi, bu mashg‘ulot bolaning e’tiborini uzoq vaqtga jalb qilishi mumkin, bu esa ota-onalarga biroz dam olish imkonini beradi.
Yoychani iliq suvda qo‘lda yuvishda rang bermaydi va shaklini yo‘qotmaydi. O‘yinchoqlar yumshoq, allergiyaga sabab bo‘lmaydigan, xavfsiz materiallardan tayyorlangan bo‘lib, o‘tkir burchaklarga ega emas. Bularning barchasi sifat sertifikati bilan tasdiqlangan.
Bu — yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va kichik yoshdagi bolajonlar, o‘g‘il-qizlar uchun ajoyib sovg‘a bo‘la oladi. Farzandingiz o‘yinchoq bilan shug‘ullanayotganida, siz bemalol o‘z ishlaringiz bilan band bo‘lishingiz mumkin.
ANMUZE brendining rivojlantiruvchi o‘yinchoqlari to‘plamini to‘liq yig‘ing!

