• Shiqirlovchi sahifalar – tovush chiqarib, bolada qiziqish va eshitish sezgisini rivojlantiradi
• Rivojlantiruvchi va o‘rgatuvchi – harflar, raqamlar, ranglar, shakllar, meva va sabzavotlar bilan tanishtiradi
• Yumshoq va xavfsiz material – teriga yoqimli, chaqaloqlar uchun mos
• Rangli va aniq rasmlar – ko‘rish va kognitiv rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi
• Ilgichli dizayn – aravacha, krovat yoki manejga osib qo‘yish mumkin
Ushbu rangli rivojlantiruvchi soft book to‘plami bolalarning faol o‘rganish davri uchun yaratilgan. Kontrast kitoblardan farqli ravishda, bu to‘plam bilim berishga yo‘naltirilgan bo‘lib, rangli rasmlar orqali bolani mustaqil o‘rganishga undaydi.
To‘plamda harflar, raqamlar, ranglar, shakllar, meva va sabzavotlar tasvirlangan. Rasmlar aniq va tushunarli bo‘lib, bola predmetlarni eslab qolishni va solishtirishni o‘rganadi. Sahifalarni varaqlash orqali mayda motorika rivojlanadi.
Yumshoq va yengil material bolalar uchun xavfsiz. Kitobchalar uyda, sayrda yoki safarda foydalanish uchun juda qulay. Ota-ona bilan birga o‘ynash esa bolaning nutqi va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

