So'z — insonning eng kuchli quroli, degan edi mashhur faylasuf Aristotel.
Aflotun ritorikani "odamlar ongini boshqarish san'ati" deb ta'riflagan. Agar inson bu san'atni to'laqonli egallay olsa, uning yo'lida ulkan imkoniyatlar eshigi ochiladi.
Ushbu kitob orqali notiqlik san'atining sir-u asrorlaridan boxabar bo'lasiz. Unda omma qarshisida nutq so'zlashda nimalarga e'tibor qaratish lozimligi, kiyinish madaniyatidan tortib o'zini qanday tutishgacha bo'lgan bilimlar aks etgan.

